SOS
Siyosat

Rossiya oliy o'quv yurtlariga kirishda chet elliklar uchun yangi cheklovlar kiritilishi mumkin

Rossiya oliy o'quv yurtlariga kirishda chet elliklar uchun yangi cheklovlar kiritilishi mumkin

Rossiya Davlat Dumasiga taqdim etilgan yangi qonun loyihasiga ko'ra, oliy o'quv yurtlari va kollejlarda chet ellik talabalarni qabul qilishni bir yil muddatga taqiqlash taklif etilmoqda. Ushbu tashabbus o'quv vizasidan Rossiya hududida qonuniy qolish uchun foydalanayotgan va aslida o'qishni rejalashtirmagan shaxslar sonini kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasi mualliflari ta'kidlashicha, ayrim shaxslar o'qishga kirish orqali vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini rasmiylashtirib, keyinchalik noqonuniy mehnat bozoriga kirib ketmoqda. Yangi tartibga ko'ra, ta'lim muassasalari ustidan nazorat kuchaytiriladi. Xususan, talabalarning darslarga qatnashishi, o'zlashtirish ko'rsatkichlari va oraliq attestatsiyalardan o'tish jarayoni "Rosobrnadzor" tomonidan qat'iy nazorat qilinadi.

Agar ta'lim muassasasi chet ellik talabalarni o'qitish bo'yicha belgilangan talablarni bajarmasa yoki qoidabuzarliklarni bartaraf etmasa, muassasaga nisbatan ma'muriy ish qo'zg'atiladi va bir yil muddatga xorijliklarni qabul qilish taqiqlanadi. Qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun muassasaga bir oygacha muddat berilishi ko'zda tutilgan.

Ushbu qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda, o'zgartirishlar 2027-yil 1-martdan kuchga kirishi rejalashtirilgan. Rossiyada ta'lim olayotgan yoki o'qishga kirishni rejalashtirayotgan o'zbekistonlik fuqarolar kelgusida o'quv jarayonidagi nazoratning kuchayishiga va ta'lim muassasalari tomonidan qo'yiladigan yangi talablarga tayyor turishlari tavsiya etiladi.

13.11.20265