SOS
Siyosat

Rossiya oliygohlarida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar soni 26 mingdan oshdi

Rossiya oliygohlarida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar soni 26 mingdan oshdi

RIA Novosti tahlillariga ko'ra, 2026-yilning birinchi yarmida Rossiya oliy ta'lim muassasalariga o'qish maqsadida 200 mingdan ortiq xorijlik yoshlar kelgan. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha O'zbekiston uchinchi o'rinni qayd etdi.

Statistikaga ko'ra, O'zbekistondan Rossiya poytaxti va boshqa hududlaridagi oliygohlarga 26 mingdan ziyod talaba borgan. Ro'yxatda Qozog'iston qariyb 47 ming va Xitoy 42,5 ming talaba bilan yetakchilik qilmoqda. Top beshlikni esa Tojikiston va Qirg'iziston vakillari yakunlab turibdi.

Shuningdek, Ozarbayjondan kelgan talabalar sonida ham sezilarli o'sish kuzatilgan. Rossiya rasmiylari kelgusida mamlakatdagi xorijlik talabalarning umumiy sonini yarim millionga yetkazishni rejalashtirmoqda.

12.09.20261