SOS
Siyosat

Rossiyada ishchi kuchi taqchilligi saqlanib qolmoqda: migrantlar uchun nimalar o'zgaradi?

Rossiyada ishchi kuchi taqchilligi saqlanib qolmoqda: migrantlar uchun nimalar o'zgaradi?

Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullina 9-noyabr kuni Davlat dumasida so'zga chiqib, mamlakat iqtisodiyotida ishchi kuchiga bo'lgan talab yuqori darajada qolayotganini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, kadrlar taqchilligi ishlab chiqarish hajmini oshirishda asosiy to'siqlardan biri bo'lib qolmoqda.

Markaziy bank rahbari tadbirkorlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomalar ham ushbu holatni tasdiqlayotganini qayd etdi. Mutaxassislar fikricha, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar davrida ishchi kuchini samarali taqsimlash muhim ahamiyat kasb etadi. Aks holda, ishlab chiqarish jarayonlarida qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

Migrantlar uchun ushbu vaziyat mehnat bozoridagi talabning saqlanib qolishini anglatadi. Biroq, Rossiyaning 52 ta hududida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mehnat muhojirlarining faoliyatiga nisbatan turli cheklovlar joriy etilganini ham yodda tutish lozim. Bu holat migrantlardan ishga joylashishda hududiy qonunchilik va talablarni diqqat bilan o'rganishni talab qiladi.

Shuningdek, Rossiya iqtisodiyotida sun'iy intellektning joriy etilishi kelgusida mehnat bozoriga ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda. Mehnat vazirligi hisob-kitoblariga ko'ra, 2026-yilda texnologik o'zgarishlar sababli 7,5 millionga yaqin ish o'rni qisqarishi yoki transformatsiya bo'lishi mumkin. Bu esa mehnat muhojirlaridan o'z malakalarini zamon talablariga moslashtirib borishni taqozo etadi.

10.11.20263