SOS
Siyosat

Rossiyada migrantlarni yollash tartibi o'zgarmoqda: ish beruvchilar va nazorat kuchayadi

Rossiyada migrantlarni yollash tartibi o'zgarmoqda: ish beruvchilar va nazorat kuchayadi

Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev xorijlik ishchi kuchini uyushgan holda yollash bo'yicha o'tkazilishi rejalashtirilgan eksperiment haqida ma'lumot berdi. Ushbu tashabbus doirasida yirik ish beruvchilarga xorijlik xodimlarning maishiy sharoitlarini ta'minlash majburiyati yuklanishi mumkin.

Eksperiment 2027-yildan boshlanishi kutilmoqda. Mazkur jarayon doirasida migrantlarning qayerda ekanligini kuzatib borish uchun maxsus mobil ilovadan barcha hududlarda bosqichma-bosqich foydalanish ko'zda tutilgan. Hozirda ushbu loyihaga oid qonun loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilgan, biroq ular hali Davlat Dumasiga kiritilmagan.

IIV rahbari Moskva va Moskva viloyatida o'tkazilgan qo'shimcha hisobga olish eksperimenti ijobiy natija berganini ta'kidladi. Xususan, hududlarda migrantlarning joylashuvini aniqlash uchun kartografik xizmat yaratilgan bo'lib, u orqali shaxslarning aniq ko'cha va binolardagi manzillarini kuzatish imkoniyati mavjud.

Ushbu raqamlashtirish jarayonlari yagona tizimni shakllantirishga qaratilgan bo'lib, vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, bu tizim profilaktika va nazoratni kuchaytirish maqsadida «oldindan ishlash» tamoyili asosida faoliyat yuritadi.

11.11.20267