SOS
Siyosat

Rossiyada shubhali deb topilgan migrantlar bank operatsiyalariga 30 ming rubllik limit

Rossiyada shubhali deb topilgan migrantlar bank operatsiyalariga 30 ming rubllik limit

Rossiya Davlat Dumasiga bank operatsiyalarini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi. Agar hujjat qabul qilinsa, yangi qoidalar 2028-yil 1-martdan kuchga kiradi. Ushbu chora banklar tomonidan shubhali deb topilgan mijozlarga nisbatan qo'llaniladi.

Qonun loyihasiga ko'ra, shubhali operatsiyalarni aniqlash Rossiya Markaziy banki va Rosfinmonitoring tomonidan amalga oshiriladi. Agar mijozning harakatlari shubhali deb topilsa, banklar mijozga nisbatan ikki turdagi cheklovni joriy etishga majbur bo'ladi: bank hisob raqamlari va elektron hamyonlarga naqd pul kiritish hamda boshqa shaxslardan pul o'tkazmalarini qabul qilish oyiga 30 ming rubldan oshmasligi kerak.

Cheklovlar muddati bank tomonidan mustaqil belgilanadi va maksimal bir yilni tashkil etadi. Agar mijoz cheklov olib tashlanganidan keyin uch yil ichida qayta shubhali operatsiyalarda gumon qilinsa, limitlar ikki yil muddatga o'rnatiladi. Mijoz ushbu cheklovni chetlab o'tish uchun hisob raqamini yopib, o'sha bankda yangisini ochish imkoniga ega bo'lmaydi.

Bank mijozga cheklov sababi va muddati haqida keyingi ish kunidan kechiktirmay xabar berishi shart. Mijoz o'z huquqlarini himoya qilish uchun bankka operatsiyalarning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etib, qaror ustidan shikoyat qilishi mumkin. Bank murojaatni yetti ish kuni ichida ko'rib chiqadi. Agar cheklovlar bekor qilinmasa, mijoz sudga murojaat qilish huquqiga ega.

14.11.20263