SOS
Siyosat

Rossiyadan pul o'tkazmalariga 5 foizlik soliq joriy etilishi mumkin

Rossiyadan pul o'tkazmalariga 5 foizlik soliq joriy etilishi mumkin

Rossiyadagi LDPR partiyasi yetakchisi Leonid Slutskiy mamlakat Moliya vazirligiga xorijlik ishchilarning pul o'tkazmalariga yangi soliq joriy etish bo'yicha taklif kiritdi. Ushbu tashabbusga ko'ra, banklar va to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladigan har bir xalqaro o'tkazma summasining 5 foizi avtomatik ravishda ushlab qolinishi va federal byudjetga yo'naltirilishi ko'zda tutilgan.

Partiya vakillarining ta'kidlashicha, mazkur yig'im migrantlarning Rossiyada bo'lishi bilan bog'liq byudjet xarajatlarini qoplashga xizmat qiladi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2025-yilda Rossiyadan O'zbekistonga qariyb 18,9 milliard dollar, Qirg'izistonga esa 3,2 milliard dollar miqdorida mablag' o'tkazilgan. Umuman olganda, migrantlar tomonidan har yili mamlakatdan 25 milliard dollarga yaqin mablag' olib chiqib ketilishi qayd etilgan.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, hozirgi vaqtda ushbu taklif faqat muhokama bosqichida. Rossiya qonunchiligiga bunday to'lovni joriy etish to'g'risida hali hech qanday rasmiy qaror qabul qilinmagan va qonun kuchga kirmagan. Migrantlar o'z mablag'larini o'tkazishda amaldagi tartib-qoidalardan foydalanishda davom etmoqdalar.

18.09.20261