SOS
Siyosat

Rossiyaga kirishda sudlangan shaxslar uchun yangi to'siqlar o'rnatilishi mumkin

Rossiyaga kirishda sudlangan shaxslar uchun yangi to'siqlar o'rnatilishi mumkin

Rossiya Federatsiyasi Kengashining mudofaa va xavfsizlik qo'mitasi raisi Vladimir Bulavin migratsiya siyosatidagi o'zgarishlar yuzasidan bergan intervyusida xorijiy fuqarolarning mamlakatga kirish tartibini kuchaytirish masalasini ko'tardi. Uning so'zlariga ko'ra, o'z vatanida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki sudlangan shaxslarning Rossiyaga kirib kelishiga qarshi ishonchli to'siqlar o'rnatilishi lozim.

Senator bu kabi choralarni nafaqat Rossiya chegarasini kesib o'tish vaqtida, balki xorijiy fuqarolarning kelib chiqish mamlakatlarida ham amalga oshirish maqsadga muvofiqligini qayd etdi. Shuningdek, ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari bilan aloqador shaxslarning mamlakatga kirishiga yo'l qo'ymaslik xavfsizlikni ta'minlashning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2026-yilning dastlabki 9 oyi davomida Rossiyaga qariyb 7 million nafar xorijiy fuqaro kirib kelgan. Ayni paytda Rossiya IIV ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatda 6,5 millionga yaqin migrant istiqomat qilmoqda.

Shu bilan birga, Rossiyada mehnat faoliyatini qonuniy asosda olib borayotgan xorijliklar ulushi ortib bormoqda. Agar 10 yil avval bu ko'rsatkich 25 foizni tashkil etgan bo'lsa, hozirgi kunda qonuniy ishlayotgan migrantlar ulushi 45 foizdan 50 foizga ko'tarilgan.

16.11.20262