Rossiyaning Saxalin viloyati Dumasi deputatlari xorijlik fuqarolar uchun mehnat patenti qiymatini belgilovchi qonun loyihasini birinchi o'qishda qabul qildi. Ushbu hujjatga ko'ra, 2027-yilda patentning oylik qiymati 13 287 rubl etib belgilandi.
Qonun loyihasi mintaqa gubernatori tomonidan 10-avgust kuni ko'rib chiqish uchun taqdim etilgan edi. Deputatlar mazkur tashabbusni bir ovozdan qo'llab-quvvatlashdi.
Ushbu o'zgarish Saxalin viloyatida mehnat faoliyatini yuritayotgan yoki kelgusida ushbu hududga ishlash uchun borishni rejalashtirayotgan O'zbekiston fuqarolariga taalluqlidir. Migrantlar o'z byudjetlarini rejalashtirishda ushbu yangi belgilangan to'lov miqdorini inobatga olishlari tavsiya etiladi.









