SOS
Siyosat

Xanti-Mansiysk okrugida migrantlar uchun cheklovlar kengaytirilmoqda

Xanti-Mansiysk okrugida migrantlar uchun cheklovlar kengaytirilmoqda

Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatori Ruslan Kuxaruk o'tkazgan matbuot anjumanida mintaqadagi migratsiya siyosati va kelgusi rejalar haqida ma'lumot berildi. Rasmiy statistikaga ko'ra, 2026-yilning to'qqiz oyi davomida hududga kirib kelgan xorijliklar soni 20 foizga kamaygan.

Migratsiya nazoratini kuchaytirish doirasida huquq-tartibot organlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida hududdan chiqarib yuborilgan shaxslar soni 6 baravarga, fuqarolik berishdan rad etish holatlari esa 7,2 baravarga oshgan. Shuningdek, migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2,7 baravarga qisqargani qayd etildi.

Kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab xorijiy ishchi kuchi uchun taqiqlangan sohalar ro'yxati kengaytiriladi. Hozirda 27 ta yo'nalishda cheklovlar mavjud bo'lsa, yangi tartib bilan bu ko'rsatkich 30 taga yetkaziladi. Xususan, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, omborxona xizmatlari, buyurtmalarni qabul qilish punktlari (PVZ), shuningdek, madaniyat va sport muassasalarida xorijliklarning ishlashiga ruxsat berilmaydi.

Shu bilan birga, mintaqa ma'muriyati yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish siyosatini davom ettirishini ma'lum qildi. Hudud iqtisodiyoti, xususan, neft sanoati va infratuzilma loyihalari uchun zarur bo'lgan mutaxassislar uchun imkoniyatlar saqlanib qoladi.

29.10.20261