SOS
Siyosat

Xorijda ishlayotgan migrantlar pensiya stajini qanday to'plashi mumkin?

Xorijda ishlayotgan migrantlar pensiya stajini qanday to'plashi mumkin?

O'zbekiston fuqarolarining xorijda, xususan, Rossiya va Qozog'iston kabi davlatlarda ishlagan davrlarini pensiya stajiga qo'shish bo'yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqilmoqda. Bu jarayonni soddalashtirish maqsadida maxsus “Migrant pensiya” mobil ilovasi yaratilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar o'zini o'zi band qilgan shaxslar kabi ixtiyoriy ravishda pensiya badallarini to'lashlari mumkin. Bunda belgilangan minimal miqdor yiliga 440 ming so'mni tashkil etadi. Ushbu to'lov amalga oshirilgan har bir yil fuqaroning pensiya stajiga qo'shib hisoblanadi.

Qonunchilikka kiritilgan o'zgarishlarga ko'ra, fuqarolar O'zbekistonga qaytganlaridan so'ng ham o'tgan davrlar uchun ijtimoiy soliq to'lash imkoniyatiga ega bo'lishadi. Xususan, yurtga qaytgach, uch yil davomida avvalgi yillar uchun badallarni to'lab borish orqali pensiya stajini tiklash mumkin.

Ushbu yangilik xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimizga kelajakda pensiya ta'minotiga ega bo'lishlari uchun qulay sharoit yaratishni ko'zda tutadi. Migrantlar o'z stajlarini masofadan turib nazorat qilish va badallarni to'lash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

30.09.20268