SOS
Mehnat

3 mingdan ortiq muhojir ishdan bo‘shadi, qurilish to‘xtab qoldi

3 mingdan ortiq muhojir ishdan bo‘shadi, qurilish to‘xtab qoldi

Rossiyaning Nijnekamsk shahridagi «Nijnekamskneftexim» (NKNH) zavodida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihasi — «stirolovaya zanjiri» qurilishida jiddiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Loyihaning bosh pudratchisi bo‘lgan Yamata kompaniyasi bilan shartnomani bekor qilish jarayoni boshlandi. Bunga loyihada ishlagan xodimlar o‘rtasida yuzaga kelgan moliyaviy muammolar va ishchi kuchining ommaviy chiqib ketishi asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, loyihada ishtirok etayotgan 3 mingdan ortiq ishchilar orasida oylik maoshlarning kechikishi kuzatilgan. Xususan, O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan mingga yaqin quruvchi obektni tark etgan. Shuningdek, Hindiston fuqarosi bo‘lgan ishchilar ham ish haqi to‘lanmayotgani sababli norozilik namoyishlarini o‘tkazgan. Bu holat qurilish ishlarining jadvaldan ortda qolishiga olib kelgan.

Sanoat obektida yuzaga kelgan bu vaziyat nafaqat ishchilarga, balki loyihaga jalb qilingan subpudratchi kompaniyalarga ham ta’sir ko‘rsatdi. Bir qator mahalliy pudratchilar Yamata kompaniyasidan xizmat haqi va ijara to‘lovlarini ololmayotganini bildirib, sudga murojaat qilgan. SIBUR vakillari esa pudratchi oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlar bajarilganini ta’kidlamoqda.

Qurilish loyihasini 2028-yilda yakunlash rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunda obekt 65 foizga tayyor holatda. SIBUR rahbariyati loyiha muddatlarini buzmaslik uchun yangi ijrochini izlashga kirishgan. Ayni paytda Yamata kompaniyasining moliyaviy holati va subpudratchilar oldidagi qarzdorlik masalasi bank kafolatlari doirasida ko‘rib chiqilmoqda.

02.09.20269