SOS
Mehnat

Rossiya o'zbekistonlik migrantlar uchun asosiy mehnat bozori bo'lib qolmoqda

Rossiya o'zbekistonlik migrantlar uchun asosiy mehnat bozori bo'lib qolmoqda

Rossiya Federatsiyasi Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston fuqarolari uchun eng yirik mehnat bozori maqomini saqlab qolmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari bo'yicha uchinchi departamenti direktori Aleksandr Sternikning ta'kidlashicha, geografik yaqinlik hamda madaniy-til aloqalari migrantlar uchun Rossiyani asosiy tanlov bo'lishiga sabab bo'lmoqda.

O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma'lumotlariga ko'ra, xorijda mehnat qilayotgan o'zbekistonliklarning umumiy soni 1,1 milliondan 1,2 million nafargacha yetadi. Ularning yarmidan ko'pi aynan Rossiya Federatsiyasida faoliyat yuritadi.

Rasmiy bayonotlarda qayd etilishicha, asosiy donor davlatlardan kelayotgan mehnat migrantlari sonida qisman qisqarish kuzatilgan bo'lsa-da, Rossiya mehnat bozori o'zbekistonliklar uchun eng muhim yo'nalish bo'lib qolmoqda. Shuningdek, tashkiliy asosda ishga jalb qilish dasturlari ham faol qo'llanilmoqda. Xususan, Tojikiston Mehnat, migratsiya va aholini ish bilan ta'minlash vazirligi ma'lumotiga ko'ra, 2025-yilda ushbu dastur doirasida 30 mingdan ortiq fuqaro Rossiyaga ishlash uchun borgan, bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan 12 ming nafarga ko'pdir.

06.10.20263