Vladimir viloyatida qurilish maydonchasida yuz bergan fojiali hodisa yuzasidan sud hukmi chiqarildi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may kuni 24 yoshli xorijlik ishchi ko‘p qavatli uy qurilishining 17-qavatida beton zichlash ishlarini bajarayotgan vaqtda yiqilib tushgan. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Aniqlanishicha, marhum ishchi balandlikda ishlash uchun tegishli ruxsatga ega bo‘lmagan va xavfsizlik kamarlaridan foydalanmagan. Qurilish uchastkasi boshlig‘i xodimni uning majburiyatiga kirmaydigan va maxsus tayyorgarlik talab etiladigan balandlikdagi ishlarga ruxsat bergan hamda xavfsizlik choralarini ta’minlamagan.
Sud jarayonida ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Sud qarori bilan u 1 yil-u 6 oy muddatga majburiy ishlarga hukm qilindi va qurilish sohasidagi ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etildi. Shuningdek, ayblanuvchi marhumning oilasiga 700 ming rubl miqdorida tovon puli to‘lab berdi.
Ushbu holat migrantlar uchun muhim ogohlantirish bo‘lib, ish beruvchi tomonidan xavfsizlik qoidalari ta’minlanmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz ishga jalb qilingan taqdirda, darhol mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ullarga murojaat qilish yoki xavfli ishlardan bosh tortish hayotiy zarurat ekanligini eslatadi.









