SOS
Mehnat

O‘ninchi qavatdan tushib ketgan muhojir halok bo‘ldi

O‘ninchi qavatdan tushib ketgan muhojir halok bo‘ldi

Moskva shahrining shimoliy qismida joylashgan qurilish maydonchalaridan birida fojiali hodisa qayd etildi. Yakshanbaga o‘tar kechasi 3-Yamskoye pole ko‘chasidagi qurilish obyektida ishchi lift shaxtasiga qulab tushdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan shaxs 24 yoshli Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi bo‘lgan. U bino ichidagi lift shaxtasiga 10-qavat balandligidan yiqilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruv xizmatlari va shifokorlar ishchining hayotini saqlab qola olishmadi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

31.08.20264