SOS
Mehnat

Rossiyada xorijlik ishchilarni yollash tartibi ustidan nazorat kuchaytirildi

Rossiyada xorijlik ishchilarni yollash tartibi ustidan nazorat kuchaytirildi

Rossiyada xorijlik fuqarolarni ishga jalb qilish tartibi ustidan nazorat kuchaytirildi. Nazorat qiluvchi organlar kompaniyalardan xorijlik xodimlarni ishga qabul qilish haqida belgilangan tartibda xabardor qilishni talab qilmoqda. Hatto mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmagan taqdirda ham, ish beruvchi tegishli organlarni xabardor qilishi shart.

2025-yilda ushbu qoidabuzarliklar bo‘yicha sud ishlari soni o‘n barobarga oshgan. Ayniqsa, Moskva, Sankt-Peterburg, Moskva va Leningrad viloyatlarida tekshiruvlar faollashgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiya Mehnat inspeksiyasi, Federal soliq xizmati va prokuratura o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi noqonuniy ishga joylashish holatlarini aniqlashni osonlashtirgan.

Qoidalarni buzgan kompaniyalarga nisbatan katta miqdorda jarimalar qo‘llanilmoqda. Har bir noqonuniy jalb qilingan xodim uchun jarima miqdori 400 mingdan 800 ming rublgacha, ayrim hududlarda esa 1 million rublgacha yetishi mumkin. Shuningdek, qonunbuzarlik sodir etgan korxona faoliyati 90 sutkagacha to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyidan boshlab xorijlik fuqarolar uchun moliyaviy ta’minot talablari ham kuchaytirilgan. Endilikda migrantlar o‘z daromadlarini mintaqaviy yashash minimumidan kam bo‘lmagan darajada tasdiqlashlari talab etiladi.

18.08.20263