SOS
Mehnat

Rossiyada yuqori malakali o'zbekistonlik mutaxassislarga talab va ularning soni ortdi

Rossiyada yuqori malakali o'zbekistonlik mutaxassislarga talab va ularning soni ortdi

Rossiya Federatsiyasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (VKS) jalb qilish tendensiyasi kuchaymoqda. Rossiya IIV ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilda o'zbekistonlik yuqori malakali mutaxassislar ulushi sezilarli darajada oshib, 3 foizdan ko'proqni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2024-yilda bu ko'rsatkich 1 foizdan kamroq bo'lgan, ya'ni bir yil ichida ularning soni besh barobarga ko'paygan.

Rossiya kompaniyalari orasida muhandislik, axborot texnologiyalari (IT), shuningdek, fan va ta'lim sohasidagi kadrlarga talab yuqori bo'lib qolmoqda. Kadrlar tanqisligi sharoitida ish beruvchilar xorijiy mutaxassislarni jalb qilish geografiyasini kengaytirmoqda. Hozirgi kunda Rossiyada ishlayotgan yuqori malakali xorijliklarning umumiy soni 85 ming kishiga yetib, so'nggi o'n yillikdagi rekord natijani qayd etdi.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, mazkur o'zgarishlar Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Bunday mutaxassislarning Rossiya iqtisodiyotiga qo'shayotgan hissasi ham sezilarli: 2022-yildan 2024-yilgacha bo'lgan davrda ular tomonidan to'langan daromad solig'i (NDFL) 81 milliard rubldan oshgan.

Mutaxassislar fikricha, yuqori malakali migrantlar oqimining o'sishi yaqin ikki-uch yil ichida davom etadigan barqaror tendensiyaga aylanadi. Bu jarayon nafaqat Rossiya sanoat rivojlanishini rag'batlantiradi, balki kadrlar taqchilligini qoplashda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

09.09.20262