Xanti-Mansiysk muxtor okrugi — Yugra hududidagi Langepas shahar sudi mahalliy tadbirkorga nisbatan 400 ming rubl miqdorida ma'muriy jarima qo‘llash haqida qaror chiqardi. Bunga sabab, biznesmenning mintaqada umumiy ovqatlanish sohasida muhojirlarni ishga jalb qilish bo‘yicha o‘rnatilgan rasmiy cheklovlarni buzganidir.
Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, yakka tartibdagi tadbirkor amaldagi taqiqlarga qaramay, o‘zining ovqatlanish shaxobchasiga O‘zbekiston fuqarosini oshpaz sifatida ishga qabul qilgan. Ayni paytda mazkur hududda gubernatorning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarori bilan chet el fuqarolarining restoranlar, kafelar, kafeteriylar hamda tezkor xizmat ko‘rsatish maskanlarida mehnat qilishi qat'iyan man etilgan.
Sudda tadbirkor o‘z aybini to‘liq tan oldi va qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirdi. Shahar sudi ushbu qoidabuzarlikni Rossiya Federatsiyasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.17-moddasi 1-qismi (ayrim turdagi faoliyatlarni amalga oshirishda belgilangan cheklovlarga rioya qilmaslik) bo‘yicha malakaladi va qonuniy jarima jazosini tayyorladi.









