O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Sankt-Peterburg shahridagi qator yirik kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi. Uchrashuvda “Master Print”, “Shopen”, “Injiniring SV”, “Makaronika”, “BFA” va “Avangard” kabi korxonalar o'zlaridagi mavjud bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ma'lumot berdi.
Tomonlar o'rtasidagi kelishuvlarga ko'ra, ushbu kompaniyalarda 1000 dan ortiq xorijiy mutaxassislarga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Mazkur vakansiyalar uchun o'zbekistonlik fuqarolarni jalb etish masalalari ko'rib chiqildi.
Kelgusida ushbu ish o'rinlariga nomzodlarni saralab olish, ularni zarur kasb-hunarlarga o'qitish va tashkiliy ravishda ishga joylashtirish mexanizmlari yo'lga qo'yiladi. Bu jarayon yurtdoshlarimizning Rossiyada rasmiy va xavfsiz mehnat faoliyatini yuritishiga imkon yaratadi.









