SOS
Mehnat

Sverdlovsk viloyatida ish haqi to'lanmasa qayerga murojaat qilish kerak?

Sverdlovsk viloyatida ish haqi to'lanmasa qayerga murojaat qilish kerak?

Sverdlovsk viloyati bo'yicha Rossiya Tergov qo'mitasi mehnat qonunchiligi buzilishi, xususan, ish haqi, pensiya, stipendiya va boshqa qonuniy to'lovlar o'z vaqtida berilmaganligi yuzasidan murojaatlarni qabul qilishni boshladi. Ushbu xizmatdan Rossiya fuqarolari bilan bir qatorda xorijiy fuqarolar, jumladan, o'zbekistonlik mehnat migrantlari ham foydalanishlari mumkin.

Rossiya Jinoyat kodeksining 145.1-moddasiga ko'ra, ish beruvchi tomonidan ish haqini to'lamaslik jinoyat hisoblanadi. Tergov qo'mitasi xodimlariga ko'ra, agar ish haqi to'liq holda 2 oydan ortiq yoki qisman 3 oydan ortiq muddat davomida to'lanmasa, xodimlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Sverdlovsk viloyatida ishlayotgan va ish haqi bilan bog'liq muammolarga duch kelgan fuqarolar 8(343)297-71-61 telefon raqami orqali bog'lanib, maslahat olishlari yoki shikoyat qoldirishlari mumkin. Murojaat qilishda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi va ish haqining to'lanmaganligini tasdiqlovchi ma'lumotlar bo'lishi jarayonni tezlashtirishi mumkin.

Ushbu "ishonch telefoni" orqali kelib tushgan har bir ariza Tergov qo'mitasi tomonidan belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi. Mutaxassislar mehnat huquqlari buzilgan taqdirda, vaziyatni huquqiy yo'l bilan hal qilish uchun o'z vaqtida tegishli idoralarga xabar berishni tavsiya qiladilar.

05.09.20263