SOS
Mehnat

Uralda migrantlar ish haqini oshirish taklif etildi

Uralda migrantlar ish haqini oshirish taklif etildi

Sverdlovsk viloyati Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Andrey Vetlujskix migrantlarning ish haqini oshirish zarurligi haqida fikr bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, xorijlik ishchilar mahalliy aholiga nisbatan “arzon ishchi kuchi” sifatida qaralmasligi kerak.

Kasaba uyushmalari rahbari migrantlarni kasaba uyushmalariga jalb qilish orqali ularning “oq” (rasmiy) maosh olishini ta'minlashga harakat qilayotganini ta'kidladi. Bu chora ish beruvchilarning xorijlik xodimlar hisobiga tejashiga yo'l qo'ymaslik va ular o'rtasidagi raqobatni muvozanatlashga qaratilgan.

Andrey Vetlujskixning qayd etishicha, tizim shunday ishlashi kerakki, ish beruvchi uchun mahalliy xodimni yollash xorijlik ishchini yollashdan ko'ra kamroq foydali bo'lib qolmasligi lozim. Bu tashabbusning asosiy maqsadi — xorijlik ishchilarning huquqlarini himoya qilish va mehnat bozorida teng sharoitlarni yaratishdan iborat.

Ushbu taklif migrantlar uchun ish beruvchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomalarida shaffoflikni oshirish va qonuniy daromad kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan amaliy qadam sifatida ko'rilmoqda.

14.10.20261