Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov oʻzining Telegram tarmogʻidagi sahifasida Davlat Dumasi raisi oʻrinbosari Irina Yarovayaning bayonotini eʼlon qildi.
Bayonotda «Yedinaya Rossiya» partiyasi tomonidan migratsiya siyosatini tartibga solish borasida qabul qilingan tizimli qonunlar ва mexanizmlarning natijalari keltirilgan boʻlib, undagi asosiy koʻrsatkichlarga koʻra, Rossiyada til bilish darajasini nazorat qilish va mamlakatda boʻlish qonuniyligini tekshirish tizimi joriy etilgach, 100 ming nafar voyaga yetmagan shaxs mamlakatni tark etgan va bu maktablardagi xorijlik bolalar sonining 25 foizga qisqarishiga olib kelgan holda, joriy yilda oʻtkazilgan test sinovlaridan voyaga yetmaganlarning 40 foizi oʻta olmaganini koʻrsatadi.
Shu bilan birga, chegarada yoʻlga qoʻyilgan «raqamli profil» tizimi tufayli Rossiyaga kirish huquqiga ega boʻlmagan 200 ming migrant toʻxtatib qolingan boʻlsa, fuqarolikni olish boʻyicha talablar kuchaytirilishi natijasida 4,5 ming kishi Rossiya fuqaroligidan mahrum etilgan hamda partiya qarorlari asosida bugungi kunda mamlakatning 56 ta hududida migrantlarni muayyan kasblarga jalb qilishni taqiqlash choralari koʻrilmoqda. Amalga oshirilgan ushbu barcha chora-tadbirlar kompleksi fonida esa mamlakatda huquqbuzarliklar soni 40 foizga kamaygani maʼlum qilingan.
Irina Yarovaya oʻz nutqida ushbu shaffof tartib-taomillar va Rossiya Federatsiyasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan shaxslarni kiritmaslik tizimi aholi xavfsizligini taʼminlashga qaratilganini taʼkidlab, «Yedinaya Rossiya»ni amaliy ish koʻrsatayotgan partiya sifatida qayd etgan.









