Kirov viloyati rasmiy ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yilda hududga kelgan xorijliklar soni o'tgan yilga nisbatan 7,5 foizga kamayib, 7 230 nafarni tashkil etdi. Ayni paytda viloyatda 3 954 nafar xorij fuqarosi istiqomat qilmoqda.
Migrantlar sonining umumiy qisqarishiga qaramasdan, patent to'lovlaridan kelib tushgan mablag'lar 36 foizga o'sdi va 147 million rublga yetdi. Bu holat hududda ishlayotgan xorijliklar tomonidan amalga oshirilayotgan to'lovlar hajmi ortganidan dalolat beradi.
Statistikaga ko'ra, viloyatdagi xorijliklarning 65 foizdan ortig'i yaqin xorij davlatlari fuqarolaridir. Ularning 48,7 foizi mehnat qilish maqsadida kelgan bo'lsa, 20 foizi mehmon sifatida, 13 foizi ish yuzasidan yoki turizm maqsadida, 5 foizi esa o'qish uchun tashrif buyurgan. Hozirgi kunda mintaqadagi xorijliklarning 59 foizini mehnat migrantlari, 30 foizini esa talabalar tashkil etadi.
Shuningdek, 2026-yilda xorijliklarga berilgan ruxsatnoma hujjatlari sonida ham o'zgarishlar kuzatildi. Xususan, yashash guvohnomalari (VNJ) va vaqtincha yashash ruxsatnomalari (RVP) berilishi 28 foizga, patentlar va ishlash uchun ruxsatnomalar soni esa 20 foizga kamaydi.









