SOS
Siyosat

Omsk viloyatida migrantlar uchun 21 ta sohada ishlash taqiqi 2027-yilgacha uzaytirilishi mumkin

Omsk viloyatida migrantlar uchun 21 ta sohada ishlash taqiqi 2027-yilgacha uzaytirilishi mumkin

2026-yil 21-oktabr — Rossiyaning Omsk viloyatida mehnat patenti asosida ishlaydigan xorij fuqarolari uchun joriy etilgan taqiq va cheklovlar muddati yana uzaytirilishi kutilmoqda.

Mintaqa Mehnat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi gubernator farmoni loyihasiga ko‘ra, migrantlarning 21 ta iqtisodiy sohada faoliyat yuritishiga qo‘yilgan taqiq 2027-yil oxirigacha o‘z kuchida qoladi.

Mahalliy rasmiy manbalar va ommaviy axborhot vositalarining xabar berishicha, ushbu chora viloyat mehnat bozorida barqarorlikni ta'minlash va mahalliy aholi uchun ish o‘rinlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Hozirda mazkur hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, taklif va mulohazalarni qabul qilish 2026-yilning 23-oktabriga qadar davom etadi. Agar farmon rasman imzolansa, yangi qoidalar 2027-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi.

21.10.20261