O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28-avgustdagi farmoniga muvofiq, mamlakatdan naqd valyutani deklaratsiyasiz olib chiqish bo'yicha yangi tartib joriy etilishi ko'zda tutilgan. Unga ko'ra, jismoniy shaxslarga 10 ming AQSH dollari ekvivalentigacha bo'lgan naqd valyutani bojxona deklaratsiyasini to'ldirmasdan olib chiqishga ruxsat beriladi.
Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda amaldagi qoidalarga ko'ra, deklaratsiyasiz olib chiqiladigan naqd milliy va xorijiy valyuta miqdori 100 million so'm ekvivalentidan oshmasligi kerak. Mazkur yangi tartibni huquqiy jihatdan rasmiylashtirish va qonun loyihasini ishlab chiqish 2027-yilning dekabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.
Ushbu o'zgarishlar O'zbekistondan chet elga chiqib ketayotgan fuqarolar, jumladan, mehnat migrantlari uchun moliyaviy mablag'larni olib o'tishda qo'shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan. Fuqarolardan xalqaro qatnovlarda bojxona qoidalariga rioya qilish va o'zgarishlarni kuzatib borish so'raladi.









