SOS
Siyosat

Rossiya mehnat bozorida migrantlar oqimi 10-15 foizga kamaydi

Rossiya mehnat bozorida migrantlar oqimi 10-15 foizga kamaydi

Eksportyorlar va importyorlar assotsiatsiyasi (AEI) ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya mehnat bozorida an'anaviy MDH davlatlaridan kelayotgan mehnat migrantlari oqimi 10-15 foizga qisqargan. Shunga qaramay, mamlakat iqtisodiyotidagi kadrlar taqchilligi sababli xorijiy ishchi kuchiga bo'lgan ehtiyoj yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Mutaxassislarning qayd etishicha, Rossiya hukumati kadrlar yetishmovchiligini qoplash maqsadida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish vektorini o'zgartirmoqda. Xususan, Rossiya Davlat dumasi Hindiston bilan vaqtinchalik mehnat faoliyati to'g'risidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Hozirgi kunda Rossiyada 70-80 ming nafar Hindiston fuqarosi mehnat qilmoqda.

Rasmiy kvotalarga ko'ra, Hindistondan yiliga 70-90 ming nafar mutaxassisni jalb qilish rejalashtirilgan. Bu ko'rsatkich vizali migrantlar uchun ajratilgan umumiy kvotaning 32 foizini tashkil etadi. Hindistonlik ishchilar, asosan, MDH davlatlaridan kelayotgan kadrlar o'rnini to'ldirish uchun asosiy manbalardan biri sifatida ko'rilmoqda.

Rossiyada xorijiy ishchi kuchiga bo'lgan talab ayniqsa uy-joy kommunal xo'jaligi (UJKX) va qurilish sohalarida yuqori. Shuningdek, sanoat sektori va mashinasozlik tarmoqlari ham doimiy ravishda yangi kadrlarga ehtiyoj sezmoqda.

03.10.20263