SOS
Siyosat

Rossiyada haydovchilik imtihonlari o'zgarmoqda: 60 kunlik muddat va 1 yillik taqiq

Rossiyada haydovchilik imtihonlari o'zgarmoqda: 60 kunlik muddat va 1 yillik taqiq

Rossiyada haydovchilik guvohnomasini olish bo'yicha imtihon qoidalari bosqichma-bosqich yangilanmoqda. 2027-yil 1-martdan boshlab nazariy imtihon jarayonida nazorat kuchaytiriladi. Xususan, imtihon xonalarida audio va video yozuvlar olib boriladi, nomzodlar esa suratga olinadi. Ushbu chora-tadbirlar imtihon jarayonining shaffofligini ta'minlash va texnik vositalar yordamida ko'chirish holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Imtihon vaqtida telefon, foto, audio yoki video texnika, shuningdek, boshqa elektron qurilmalar va ma'lumotnomalardan foydalanganlik aniqlansa, nomzodning natijalari bekor qilinadi. Bunday qoidabuzarlik uchun jazo chorasi sifatida nomzodga keyingi imtihonga kirish huquqi 12 oy muddatga taqiqlanadi.

Amaliy imtihonni topshirish tartibida ham o'zgarishlar mavjud. Nazariy imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzod amaliy imtihonni 60 kalendar kun ichida topshirishi shart. Agar ushbu muddat ichida amaliy qism topshirilmasa, nomzod qaytadan nazariy imtihon topshirishiga to'g'ri keladi. Qayta nazariy imtihon esa belgilangan muddat tugaganidan keyin 30 kalendar kundan kechiktirilmay o'tkazilishi lozim.

Shuningdek, 2027-yil 1-martdan tibbiy ma'lumotnomalarni taqdim etish tartibi soddalashadi. Agar ma'lumotlar sog'liqni saqlash tizimining yagona davlat axborot tizimidagi federal reestrda mavjud bo'lsa, qog'oz shaklidagi ma'lumotnomani taqdim etish talab qilinmaydi. Biroq, haydovchilik guvohnomasini olish jarayonida tibbiy ko'rikdan o'tish talabi bajarilmasa, hujjat berish rad etilishi mumkin.

08.10.20261