Rossiya Ichki ishlar vazirligi (IIV) 2026-yilning yanvaridan sentyabriga qadar bo'lgan davr uchun mehnat migrantlari bo'yicha statistikani e'lon qildi. Unga ko'ra, hozirgi kunda Rossiya hududida patent asosida mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijlik ishchilarning umumiy soni 1 million 504 ming 421 nafarni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 400 ming nafarga kamaygan.
Statistikaga ko'ra, Moskva shahri patent asosida ishlayotgan migrantlar soni bo'yicha hududlar orasida yetakchilikni saqlab qolmoqda. Poytaxtda joriy yilning to'qqiz oyi davomida 437,65 ming nafar xorijlik mutaxassis ro'yxatdan o'tgan.
Eng ko'p migrant qabul qilgan hududlar beshligiga Moskva viloyati (268,12 ming), Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati (162,41 ming), Sverdlovsk viloyati (38,59 ming) hamda Tatariston (36,25 ming) kirdi.
Eslatib o'tamiz, Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xorijlik fuqarolar uchun patent olish va uni uzaytirish tartibiga oid qoidalar doimiy nazoratda bo'lib, migrantlardan barcha hujjatlarning qonuniy talablarga mos bo'lishi hamda soliq va jarimalar bo'yicha qarzdorliklar mavjud emasligi talab etiladi.









