SOS
Siyosat

Rossiyadagi migratsiya siyosati: 32 ta qonun qabul qilindi va yangi talablar kuchaymoqda

Rossiyadagi migratsiya siyosati: 32 ta qonun qabul qilindi va yangi talablar kuchaymoqda

Rossiyada bo'lib o'tgan «Yekaterina forumi»da migratsiya siyosati va xorijlik fuqarolarni qo'llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqildi. Forumda 55 davlatdan 1,3 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin o'z murojaatida mamlakat an'anaviy qadriyatlarni hurmat qiladigan va o'z kelajagini Rossiya bilan bog'lashni istagan xorijlik mutaxassislarni jalb etish hamda ularning professional o'zini namoyon qilishi uchun sharoit yaratishda davom etishini ta'kidladi.

Rossiya Davlat dumasi raisi o'rinbosari Vladimir Vasilyevning ma'lum qilishicha, so'nggi yillarda parlament migratsiya siyosatini tartibga solish maqsadida 32 ta qonun qabul qilgan. Rasmiy vakillar Rossiyaga kelayotgan xorijliklar qonunlarga rioya qilishi, rus tilini bilishi hamda mamlakat madaniyati va an'analarini hurmat qilishi shartligini yana bir bor eslatib o'tdi.

Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 4-oktyabr holatiga ko'ra, o'z mamlakatlari siyosatini qo'llab-quvvatlamaydigan xorijliklar uchun maxsus farmon asosida 1989 ta viza berilgan. Forum doirasida yangi fuqarolarga pasport topshirish marosimi ham o'tkazildi. Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokolsev esa repatriatsiya (vatanga qaytish) institutiga bo'lgan talab ortib borayotganini qayd etdi.

15.10.20260