SOS
Siyosat

Rossiyaga ishlash uchun borayotgan o'zbekistonliklar soni 179 ming nafarga kamaydi

Rossiyaga ishlash uchun borayotgan o'zbekistonliklar soni 179 ming nafarga kamaydi

O'zbekiston Markaziy bankining "Mehnat bozori sharhi"ga ko'ra, Rossiyaga ishlash maqsadida yo'l olayotgan fuqarolar oqimi pasayishda davom etmoqda. 2026-yilning yanvar–iyun oylarida ushbu davlatga borgan o'zbekistonliklar soni 1 million 179 ming nafarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, o'tgan yilning mos davrida bu ko'rsatkich 1 million 358 ming nafarga teng bo'lgan.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, Rossiyaga borayotgan ishchilar soni bir yil ichida 179 ming nafarga kamaygan. Shuningdek, 2025-yilda Rossiyada patent asosida faoliyat yuritgan o'zbekistonliklar soni 1 million 495 ming nafarni tashkil etgan edi.

Migratsiya yo'nalishlaridagi o'zgarishlar fonida o'zbekistonliklarning boshqa davlatlarga qiziqishi ortmoqda. Xususan, 2025-yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi migrantlar soni 13,2 foizga, Turkiyada esa 10,7 foizga ko'paygan. 2026-yil 1-iyul holatiga ko'ra, Turkiyada 70 ming, Janubiy Koreyada esa 102,2 ming nafar o'zbekistonlik mehnat qilmoqda.

Rossiyadan kelayotgan pul o'tkazmalari hajmi 2026-yilning birinchi yarim yilligida 8,8 foizga oshgan bo'lsa-da, Markaziy bank tashqi migratsiyadagi bu kabi o'zgarishlar kelgusida aholi daromadlari va ichki iste'molga ta'sir ko'rsatishi mumkinligini qayd etgan. Ayni paytda mamlakat ichki mehnat bozorida ham bo'sh ish o'rinlari 9,8 foizga qisqarib, ish izlovchilar o'rtasidagi raqobat kuchaymoqda.

20.10.20261