Samara viloyati Mehnat, bandlik va migratsiya siyosati vazirligi bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2026-yilning 1-avgust holatiga ko'ra, mintaqada mehnat faoliyatini olib borayotgan xorijlik fuqarolar soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 35,2 foizga kamaygan.
Mutaxassislarning qayd etishicha, bu qisqarish viloyat hududida xorijdan jalb qilinadigan ishchi kuchi soniga nisbatan joriy etilgan cheklovlar bilan bog'liq. Xususan, patent asosida ishlayotgan xorijliklar soni 31,9 foizga ozaygan.
Ishchi kuchi sonining kamayishi barcha sohalarni qamrab olgan. Biroq, qurilish, savdo, qayta ishlash sanoati, transport vositalarini ta'mirlash, mehmonxona biznesi hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarida xorijlik ishchilar ulushi sezilarli darajada pasaygani kuzatilmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, mintaqada kelgusi, ya'ni 2027-yilda ishchi kuchini jalb qilishda yangi yo'nalishlar, xususan, Hindiston va Tailand fuqarolari bilan ishlash rejalashtirilmoqda.









