SOS
Siyosat

Sankt-Peterburgda migrantlar uchun qaysi sohalarda ishlash taqiqlandi?

Sankt-Peterburgda migrantlar uchun qaysi sohalarda ishlash taqiqlandi?

Sankt-Peterburg hukumati mehnat patenti bilan ishlayotgan xorijlik fuqarolar uchun faoliyat yuritish taqiqlangan sohalar ro'yxatini kengaytirdi. Yangi cheklovlar savdo, go'zallik xizmatlari, tibbiyot va sport sohalariga taalluqlidir. Xususan, patent egalariga sartaroshxona, kosmetologiya, chakana savdo (oziq-ovqat, go'sht, baliq, sabzavot va boshqa mahsulotlar), fitnes-markazlar hamda tibbiyotning ayrim yo'nalishlarida (hamshira, akusher va massajchi kabi) ishlash taqiqlandi.

Ushbu o'zgarishlar Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglovning 2025-yil dekabr oyidagi qaroriga kiritilgan tuzatishlar asosida amalga oshirilmoqda. Rasmiylarning ta'kidlashicha, mazkur chora «soya» iqtisodiyotiga qarshi kurashish va mahalliy aholi, xususan, yoshlar uchun ish o'rinlarini ko'paytirish maqsadida joriy etilgan. Avvalroq shaharda patent asosida taksi va kuryerlik xizmatlarida ishlashga ham taqiq qo'yilgan edi.

Yangi qoidalar faqat mehnat patenti asosida ishlayotgan xorijliklarga nisbatan tatbiq etiladi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a'zo davlatlar (Belarus, Qozog'iston, Armaniston va Qirg'iziston) fuqarolari, shuningdek, rasmiy ishlash ruxsatnomasiga ega bo'lgan mutaxassislar ushbu cheklovlar doirasiga kirmaydi.

Ish beruvchilar uchun 2026-yil 15-dekabrgacha o'tish davri belgilangan. Ushbu muddat ichida kompaniyalar o'z xodimlari tarkibini yangi qonunchilik talablariga moslashtirishi shart. Qaror rasmiy e'lon qilinganidan 10 kun o'tib kuchga kiradi.

16.10.20262