SOS
Siyosat

Sobiq Ittifoq hududida kim qancha maosh oladi? 2026-yilgi sof daromadlar statistikasi

Sobiq Ittifoq hududida kim qancha maosh oladi? 2026-yilgi sof daromadlar statistikasi

Sobiq SSSR respublikalari mustaqillikka erishganiga 30 yildan oshgan bo‘lsa-da, ushbu iqtisodiy makondagi rivojlanish darajasi va aholining turmush farovonligi turlicha shakllanmoqda. Mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari, valyuta kurslari va soliq siyosatidagi farqlar sababli fuqarolarning real daromadlari o‘rtasida katta tafovvutlar yuzaga kelgan.

"Wage.is" xalqaro statistik ko‘rsatkichlar platformasi ma’lumotlariga ko‘ra 2026-yilgi ma’lumotlariga asosan, sobiq ittifoq respublikalarida barcha majburiy soliqlar va sug‘urta ajratmalari chegirib tashlanganidan keyingi ishchining qo‘liga tegadigan sof (Net) o’rtacha oylik ish haqi reytingi e’lon qilindi.

- Estoniya: 1,690 EUR (~$1,920) - Litva: 1,520 EUR (~$1,730) - Latviya: 1,150 EUR (~$1,310). - Rossiya: 99,820 RUB (~$1,060) - Belarus: 2,720 BYN (~$945) - Qozog‘iston: 380,000 KZT (~$810) - Moldova: 11,850 MDL (~$675) - Gruziya: 1,770 GEL (~$645) - Armaniston: 239,000 AMD (~$630) - Ozarbayjon: 900 AZN (~$530) - Ukraina: 17,300 UAH (~$420) - Turkmaniston: 2,100 TMT (~$600) - O‘zbekiston: 6,170,000 UZS (~$485 – $510) - Qirg‘iziston: 35,600 KGS (~$410) - Tojikiston: 2,840 TJS (~$265)

2026-yilgi reyting sobiq ittifoq hududidagi iqtisodiy qutblanish tobora kuchayayotganini ko‘rsatadi. Eng yuqori oylik oladigan Estoniya fuqarosi eng past ko‘rsatkichga ega Tojikiston fuqarosiga nisbatan deyarli 7 barobar ko‘proq sof daromad topadi. Biroq iqtisodchilar faqat nominal maoshga emas, balki har bir mamlakatning ichki bozoridagi narx-navo, kommunal to‘lovlar va yashash minimumiga (xarid qobiliyati paritetiga) ham e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlaydilar.

08.09.20268