Tatariston Respublikasida rasman 100 mingdan ortiq xorijlik fuqaro istiqomat qilmoqda. Do'stlik uyida bo'lib o'tgan davra suhbatida ma'lum qilinishicha, ushbu migrantlarning qariyb 53 ming nafari mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan bo'lsa, 9 mingdan ortig'i ta'lim olish maqsadida kelgan.
Rasmiylar migrantlarning huquqiy va sivilizatsiyalashgan tartibda yashashini ta'minlash hamda ularning mahalliy jamiyatga integratsiyalashuvini kuchaytirishni asosiy vazifa deb belgilagan. Shu maqsadda milliy-madaniy birlashmalar rahbarlari bilan har chorakda muntazam uchrashuvlar o'tkazib borilmoqda.
Migrantlar diqqatiga: 2025-yildan boshlab Rossiyada vizasiz bo'lish muddati kalendar yil davomida jami 90 kun etib belgilandi. Shuningdek, 2026-yilning noyabr oyidan boshlab mamlakatdan majburiy chiqarib yuborishga sabab bo'luvchi ma'muriy huquqbuzarliklar ro'yxati 22 tadan 45 taga kengaytiriladi.
Bundan tashqari, tartib-qoidalarni buzganlik va noqonuniy ishlaganlik uchun jarimalar miqdori sezilarli darajada oshiriladi. Respublika rahbariyati ushbu o'zgarishlar fonida migrantlarni yangi qonunchilik talablari bilan yaqindan tanishtirish va ularni huquqiy savodxonligini oshirish muhimligini ta'kidlamoqda.









