Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) vakillari bilan o'tkazgan muzokaralar natijasida xorijda ishlash istagida bo'lgan fuqarolar uchun tayyorgarlik tizimini takomillashtirish bo'yicha yangi yo'nalishlarni belgilab oldi. Ushbu o'zgarishlar mehnat migrantlarining xorijdagi raqobatbardoshligini oshirish va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
2027-yildan boshlab xorijiy ish beruvchilarning talablariga mos ravishda fuqarolarni 3 oydan 6 oygacha bo'lgan muddatda til va kasbga o'qitish ko'lami kengaytiriladi. Bu jarayon migrantlarning xorijiy mehnat bozoriga to'liq tayyor holda kirib borishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, o'quv dasturlariga kompleks yondashuv joriy etilmoqda. Endilikda til va kasbiy ko'nikmalardan tashqari, migrantlar uchun mehnat huquqlari, moliyaviy savodxonlik, ish sharoitlari, shuningdek, firibgarlik va kiberxavflardan himoyalanish bo'yicha maxsus o'quv mashg'ulotlari kuchaytiriladi.
Bundan tashqari, Shvetsiya yo'nalishida mehnat mobiligini ta'minlash uchun yangi pilot mexanizmni ishlab chiqish rejalashtirilgan. Mazkur chora-tadbirlar orqali xorijga ketayotgan mutaxassislarning o'z huquqlarini yaxshi biladigan va har tomonlama tayyorlangan kadrlar bo'lishi ko'zda tutilgan.









